Koronavirus: Kunlik holatlar 200dan kamaydi, yana ikki bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:49 / 25.05.2021 5815

«2021 yil 24 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98849 (+192) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 26 nafari Toshkent viloyatida,
  • 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14  nafar,
  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 11 nafar,
  • Samarqand viloyatida 34 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 18 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94385(+242) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 682 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3782 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: