Koronavirus: Bir kunda sog‘ayganlar soni yangi kasallanish holatlaridan yuqori bo‘ldi

Jamiyat 10:23 / 23.05.2021 21440

«2021 yil 22 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98451 (+287) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 43 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 60 nafari Toshkent viloyatida,
  • 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar,
  • Andijon viloyatida 29 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
  • Namangan viloyatida 12 nafar,
  • Samarqand viloyatida 39 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent viloyatida 56 nafar,
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93930 (+297) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3841 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: