Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotni to‘xtatmoqchi - OAV
Isroil hukumati misrlik vositachiga G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini to‘xtatmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda Al Jazeera telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Bu orada Isroilning Ynet portali amaliyot 20 yoki 21 maydayoq to‘xtatilishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Qolgan tafsilotlar keltirilmagan. Shu bilan birga, Isroil mudofaa vaziri Beni Gans zarurat yuzaga kelsa, G‘azo sektoriga zarbalar kuchaytirilishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
O‘z navbatida, Falastinning Moskvadagi elchisi Abdulhofiz No‘fal Falastin Isroil bilan bevosita muzokaralarga tayyorligini ma'lum qilgan.
Avvalroq OAVda Isroil G‘azo sektoriga zarba berishni kamaytirayotgani ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Isroil va G‘azo sektori o‘rtasida 10 mayda boshlangan navbatdagi qarama-qarshilikning 10 kuni davomida 250dan ko‘proq falastinlik, 12 nafar isroillik halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

13:26 / 06.03.2025