Haydovchining beparvoligi tufayli sodir etilgan YTHda maktab o‘quvchisi vafot etdi
Sayxunobod tumanida yuk avtomashinasi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisining urib yubordi. Piyoda olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB tomonidan ma'lum qilindi.
2021 yil 17 may kuni Sayxunobod tumani hududida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Tuman hududidagi 26-sonli maktabning 2-sinf o‘quvchilari piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan vaqtda Gaz-53 avtomashinasi ularga yo‘l bermasdan o‘quvchilardan birini urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan og‘ir jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i Sharof Islomov ma'lum qildi.
YTH sodir bo‘lgan joyda yo‘l qoplamasi nuqsonlarsiz bo‘lgan. Hodisaga transport vositasi haydovchisining beparvoligi va piyodaning yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketishi sabab bo‘lgan deyiladi xabarda.
Avvalroq, Sardoba tumanida Tiko haydovchisi tezlikni belgilangan me'yorlardan oshirib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida ketayotgan ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025