O‘zbekiston | 10:50 / 17.05.2021
8634
1 daqiqa o‘qiladi
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Qaror bilan:
- Shuhrat Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib;
- Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib;
- Obid Odilov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — bosh muhandis etib tayinlandi.