Shimoliy Koreya Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechdi

Sport 22:38 / 16.05.2021 16868

Shimoliy Koreya 2022 yilda Qatarda o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining saralash bosqichida ishtirok etishdan voz kechdi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma'lum qildi.

Shimoliy Koreya terma jamoasi H guruhida ishtirok etgan va 5ta o‘yinni o‘tkazishga ulgurgandi. Ushbu guruhda, shuningdek, Janubiy Koreya, Livan, Shri-Lanka va Turkmaniston o‘ynaydi. Guruhdagi joriy vaziyatga ko‘ra, Shimoliy Koreya 8 ochko bilan 4-o‘rinni egallayotgandi, Turkmaniston esa peshqadam bo‘lib turibdi.

Endilikda ushbu holat FIFA tashkiliy qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi. Bu bilan bog‘liq holda N guruhidagi o‘yinlar jadvalida yuz beradigan o‘zgarishlar haqida keyinroq ma'lum qilinadi.

Avvalroq Shimoliy Koreya koronavirus bilan bog‘liq xavotir sababli Tokio Olimpiadasida ishtirok etishdan bosh tortgandi.

Qatardagi jahon chempionati 2022 yil 21 noyabrdan 18 dekabrgacha o‘tishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: