G‘azodagi OAV ofislari joylashgan 11 qavatli bino Isroil raketa zarbalari oqibatida vayron bo‘ldi
10 maydan buyon G‘azoda 16 qavatli "Ash-Shuruk", 14 qavatli Burj-Xanadi, 8 qavatli Burj al-Javhara inshootlari va sanoat banki binosi vayron qilingan.

Foto: AFP
G‘azodagi dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari ofislari, apartamentlar va tijorat kompaniyalari joylashgan o‘n bir qavatli bino Isroil raketalari hujumi oqibatida vayron bo‘ldi.
Al Arabiya telekanalining ma'lumot berishicha, "Al-Jala" deb nomlanuvchi ushbu binoda Qatar telestansiyasi, Associated Press agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari joylashgan edi.
G‘azodagi eng baland binolardan biri hisoblanuvchi mazkur inshootdagilarga uni tark etish uchun bir soat vaqt berilgan. U Isroil raketalari vayron qilgan G‘azodagi to‘rtinchi ko‘pqavatli bino bo‘ldi.
G‘azo sektori jamoat ishlari va uy-joy qurilishi vazirligining ma'lumot berishicha, 10 maydan buyon sohilbo‘yi anklavida 500dan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan, 3 mingga yaqin uyga shikast yetgan. Jumladan, 16 qavatli "Ash-Shuruk", 14 qavatli Burj-Xanadi, 8 qavatli Burj al-Javhara inshootlari va sanoat banki binosi vayron qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishmalar natijasida Isroil tomondan 10 kishi, Falastin tomondan 139 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

13:26 / 06.03.2025