Xonadonida giyohvand modda saqlab kelgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat 20:37 / 14.05.2021 1380

Toshkent va Chinoz tumanlarida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, ikki nafar fuqarolar o‘zining xonadonida giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati ma'lum qildi.


Toshkent tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, «Avliyoota» mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro A.X. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyida yelim idishda hamda qog‘oz qutida 45 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini parvarishlab yetishtirayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan A.X. ga nisbatan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Chinoz tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Chinoz tumani «Kanalobod» mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.O.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyining oshxonasidagi qozon ichida vazni 173 gramm «marixuana» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Holat yuzasidan, Q.O. ga nisbatan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: