Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi 

O‘zbekiston 07:41 / 14.05.2021 2072

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 28-33 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29-31 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: