Italiyada Google’ga 102 million yevro jarima solindi

Jahon 21:30 / 13.05.2021 3719

“Google o‘zining Android operatsion tizimi va Google Play dasturlar do‘koni evaziga ustunlikka ega. Bu unga qanday dasturlar foydalanuvchilarga yetib borishi yoki bormasligini nazorat qilish imkonini beradi”, deb ma'lum qilingan Italiya antimonopol boshqarmasida (AGCM). 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyadagi smartfonlarning 75 foizi Android tizimida ishlaydi.

Boshqarmaning ta'kidlashicha, Google 2 yil davomida Enel X kompaniyasining elektromobillar uchun JuicePass dasturini mashinani haydash vaqtida dasturlarni qo‘llash imkonini beruvchi Android Auto’da ishlashiga ruxsat bermagan va uning qo‘llanishini cheklab, o‘zining Google Maps dasturiga ustunlik bergan.

AGCM jarimadan tashqari, Google’ga JuicePass dasturini Android Auto’da ishlaydigan qilish majburiyatini yuklagan.

Ko‘proq yangiliklar: