Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 19:56 / 12.05.2021 18008

Xidirov Alisher Bo‘riyevich Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U 1982 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — qurilish muhandisi, buxgalteriya hisobi va audit.

A.Xidirov mehnat faoliyati davomida «Temiryo‘lloyiha» OAJ instituti texnigi, muhandisi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ kapital qurilish direksiyasi qurilish bo‘yicha muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lmashta'mir» sho‘'ba korxonasi hisobchisi, qurilish bo‘limi muhandis-texnologi, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2015 yildan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi «KASABA QURILISH TA`MIR» sho‘'ba korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yil oktyabridan buyon Ahmad Xudayshukurovich Suvonqulov ishlab kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: