Shavkat Mirziyoyev: «Bu yil iqtisodiyotimizga misli ko‘rilmagan pul sarfladik»

O‘zbekiston 11:25 / 12.05.2021 6300

Davlat rahbari makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha, birinchi yarim yillikdagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

“May-iyun oylarida oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 1,6 trillion so‘m mablag‘ ajratish, viloyat, tuman va shahar hokimlari bu orqali kamida 30 ming nafar fuqaroga daromad manbai uchun sharoit yaratishi kerak.
 
Sohalar kesimida, sanoatda – 3 trillion so‘m, savdo va xizmat ko‘rsatishda – 2,1 trillion so‘m, qishloq xo‘jaligida – 1,8 trillion so‘m, qurilishda – 978 milliard so‘m, transport va kommunikatsiyada – 547 milliard so‘mlik muammoli kreditlar vujudga kelgan.

Agar bu pullar iqtisodga qaytsa, qancha foyda bo‘lardi? Agar qaytmasa, bu kreditlarni kimlarga bergansizlar?! Bu pullar qaytishi hozir iqtisodiyotimizga havodek zarur. Bu yil iqtisodiyotimizga misli ko‘rilmagan pul sarfladik.

Hududlar kesimida Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining har biriga qariyb 1 trillion so‘mdan muammoli kreditlar to‘g‘ri kelmoqda. Bu mablag‘larni qaytarishga bosh vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor va tijorat banklari rahbarlari shaxsan javob beradilar.

Bunda, Umurzoqov – 5 trillion so‘m, Qo‘chqorov – 4,2 trillion so‘m, Ramatov – 2,2 trillion so‘m, G‘aniyev – 1,8 trillion so‘m, Musayev – 120 milliard so‘m, Abduhakimov – 103 milliard so‘mning qaytimiga tarmoq va hudud rahbarlari bilan birdek javob beradi”, talab qo‘ydi prezident.

Ramatov, Qo‘chqorov, Umurzoqov, G‘aniyev, Musayev, Abduhakimov viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda o‘z kompleksiga kiruvchi korxonalarning muammoli qarzdorligini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ikkinchi chorak yakuniga qadar ularning kamida 25 foizini, yil yakuniga qadar esa 100 foiz qaytimini ta'minlash bo‘yicha hududlar va tarmoqlar kesimida grafikni tasdiqlasin.

Qoraqalpog‘iston – 14 milliard so‘m, Andijon – 68 milliard so‘m, Buxoro – 13 milliard so‘m, Jizzax – 27 milliard so‘m, Qashqadaryo – 39 milliard so‘m, Navoiy – 24 milliard so‘m, Namangan – 67 milliard so‘m, Samarqand – 44 milliard so‘m, Surxondaryo – 35 milliard so‘m, Sirdaryo – 48 milliard so‘m, Toshkent viloyati – 19 milliard so‘m, Farg‘ona – 41 milliard so‘m, Xorazm – 16 milliard so‘m va Toshkent shahri – 10 milliard so‘m.

Bu pullarning qaytarilishi uchun har bir hokim shaxsan javobgar bo‘ladi”, – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: