Samarqandda 81 yoshli otaxon ko‘knori o‘stirayotgani aniqlandi

Samarqand viloyati Payariq tumanida 81 yoshli otaxon o‘z tomorqasida ko‘knori giyohvandlik o‘simligini o‘stirib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Payariq tumani Eshimoqsoq qishlog‘ida yashovchi 81 yoshli A.Hayitning uyi tomorqa qismida parvarishlab kelinayotgan giyohvand o‘simligiga o‘xshash ekinlar mavjudligi aniqlanib, ular xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, fuqaro A.Hayitning uyidan olingan 23 tup o‘simlik sud-kimyoviy ekspertizada tekshirilganda, ular tarkibida giyohvand modda opiy guruhi alkaloidlari morfin, kodein va tebain mavjud bo‘lgan ko‘knori giyohvandlik o‘simligi ekani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.Hayitga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «a» bandi (ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, A.Hayit muqaddam mazkur modda bilan sudlangani ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025