O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e'lon qilinganini olqishladi

O‘zbekiston 12:09 / 12.05.2021 3889

O‘zbekiston muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e'lon qilinganini olqishladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytiladi.

“O‘zbekiston muqaddas Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e'lon qilinganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi”, deyiladi TIV bayonotida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qat'iy sodiqligini yana bir bor bildiradi.

Ko‘proq yangiliklar: