La Liga. «Barselona» «Levante»ga qarshi gollarga boy o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi va 1-o‘ringa ko‘tarila olmadi

Sport 04:05 / 12.05.2021 12172

Ispaniya chempionatining 36-turida «Barselona» Valensiyada «Levante» bilan bahs yuritib, 83-daqiqada o‘tkazib yuborilgan to‘p evaziga g‘alabani boy berdi. Messi, Pedri va Dembelening gollariga mezbonlardan Melero, Morales hamda Leon javob berishdi. 

«Barselona» ochkolarini 76taga yetkazib, 2-o‘ringa joylashdi va peshqadam «Atletiko»ni (77) quvib o‘ta olmadi. «Levante» 40 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarildi. 

La Liga, 36-tur, 11 may

Levante — Barselona 3:3
Gollar: Melero (57), Morales (59), Leon (83) — Messi (25), Pedri (34), Dembele (64). 
Levante – Fernandes, Tono, Duarte (Malsa, 61), Miramon (Koke, 75), Rober, Melero, Bardi (Dani Gomes, 61), De Frutos, Vezu, Roxer Marti (Leon, 75), Morales (Kochorashvili, 90). 
Barselona – ter Stegen, Langle, Arauxo (Serji Roberto, 46; Puch, 85), Pike, Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Mingesa, 74), Dembele (Dest, 82), Messi, Grizmann (Breytueyt, 81).
Ogohlantirishlar: De Frutos (67), de Yong (77), Morales (78), Langle (90+1).

Osasuna — Kadis 3:2
Gollar: Budimir (38, 75), Torres (86, penalti) — Shanopich (49, penalti), Perea (90+1). 

Elche — Alaves 0:2
Gollar: Xoselu (40), Rioxa (54).

Ko‘proq yangiliklar: