Samarqandda dorilangan chigitdan moy ishlab chiqarayotgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashash xonadonida dorilangan paxta chigiti mahsulotlaridan moy ishlab chiqarayotgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 may kuni Samarqand viloyati IIB JQB va Kattaqo‘rg‘on tumani DXXB hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida, Kattaqo‘rg‘on tumani Qorakulcha mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan B.O.ning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda qog‘oz qoplarda dorilangan paxta chigitlari topilgan.
Qayd etilishicha, B.O. ushbu paxta chigitlarini 5 dona, qo‘lbola usulda yasalgan, hech qanday ruxsatnomaga ega bo‘lmagan moslamalar yordamida qayta ishlab, talabga javob bermaydigan moy mahsulotlarini tayyorlab kelgan.
«Kattaqo‘rg‘on OYL» MChJ mas'ul xodimlari tomonidan aniqlangan chigit mahsulotlarining miqdori o‘lchanganida, 10 tonnadan ortiq ekani ma'lum bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu paxta chigitidan ishlab chiqarilgan 20 litr yog‘ mahsuloti tekshirib ko‘rish uchun namuna sifatida hujjatlashtirib olinib, «Kattaqo‘rg‘on OYL» MChJga topshirilgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:29 / 10.03.2025
“Chigit ekish muddatini majburan belgilab berish noto‘g‘ri” - mutaxassislar

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025