Maktab direktorining o‘rinbosari yarim yalong‘och holda qo‘shnisining uyiga kirdi

Jamiyat 22:59 / 11.05.2021 6173

23 mart kuni soat 18:00 larda Oltinsoy tumanidagi maktab direktorining o‘rinbosari uyidan mast, yarim-yalang‘och holda ko‘chaga chiqib, hamqishloqlarining tinchini buzdi.

Ko‘chada turgan qo‘shnisini ko‘rib haqorat qilib, shovqin ko‘tardi. Qo‘liga tosh olib qo‘shnisini quvladi.

Uning vajohatidan qo‘rqqan qo‘shni duch kelgan uyga qochib kirdi. Mast, yarim yalong‘och holdagi o‘qituvchi uni izidan quvlab bordi.

Direktor o‘rinbosari u yerda ham shovqin ko‘tarib, uyatli qiliqlar bilan bezorilik qildi.

Voqea joyida bo‘lgan, mast holdagi o‘qituvchining baqir-chaqiri, harakatlaridan qo‘rqqan kelinchak xushidan ketib qoldi.

Sudda direktor o‘rinbosari qo‘shnisining tovug‘i tomorqasiga kirgani uchun mast holda janjal qilganini tan oldi. Jabrlanuvchilardan kechirim so‘radi.

Sud huquqbuzar o‘qituvchini o‘n besh sutka qamoqqa olish bo‘yicha qaror chiqardi.

Ko‘proq yangiliklar: