Dollar kursi bir haftalik tushishdan so‘ng yana oshdi

Iqtisodiyot 18:46 / 07.05.2021 18387

10 may, dushanba kunidan boshlab O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 7 may, juma kuniga nisbatan 18 so‘mga qimmatlashib, 10,511.84 so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.

3 may, dushanba kunidagi ko‘tarilishdan (13 so‘mga qimmatlab, 10,523 so‘mni tashkil qilgandi) so‘ng, hafta davomida kurs tushish ko‘rsatkichini namoyon qilib keldi.

4 maydan boshlab nafaqat dollar, balki yevro, funt, iyena, yuan, rubl va tenge ham arzonladi.

3-7 may oralig‘ida dollar kursi 30 so‘mga arzonladi va 7 may holatiga ko‘ra, bir dollar 10,493 so‘mni tashkil qildi.

  • Eslatib o‘tamiz, rasmiy kurs – valuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun amal qiladi.
  • Markaziy bank valutalarni rasmiy kursda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. Tijorat banklaridagi valutalar kursi rasmiy kursdan farq qilishi mumkin.
Ko‘proq yangiliklar: