Jizzax viloyatining uchta tumanida IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlov amalga oshirildi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyatining Arnasoy, Yangiobod va Baxmal tumanlari ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB tomonidan ma'lum qilindi.
Podpolkovnik Rustam Ummatqulov – Arnasoy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. R.Ummatqulov tayinlovga qadar Yangiobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Muzaffar Sariqulov - Yangiobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. M.Sariqulov tayinlovga qadar Arnasoy tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Asliddin Jalolov - Baxmal tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. A.Jalolov tayinlovga qadar Mirzacho‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.