2023 yildan buklanuvchan ekranli iPhone’lar paydo bo‘ladi

Fan-texnika 18:16 / 05.05.2021 34390

 

TFI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuoning ma'lum qilishicha, Apple 2023 yilda ekrani qatlanadigan 8 dyuymli iPhone ishlab chiqarish haqida o‘ylamoqda. Min-Chi Kuo Apple kompaniyasining ishlab chiqarish rejalari bo‘yicha eng obro‘li mutaxassislaridan biri hisoblanadi.

Kuoning so‘zlariga ko‘ra, Apple 2023 yilda 15-20 million dona buklanuvchan ekranli iPhone taqdim etadi.

Ta'kidlanishicha, buklanuvchan iPhone’ga QHD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 8 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi. Buklanuvchan displeylarni Samsung yetkazib berishiga qaramay, Apple kumush nanotola yordamida buklanuvchan konstruksiyani takomillashtirishni maqsad qilgan. Ushbu materialdan hozirda HomePod «aqlli» kolonkalari ekranida foydalanilmoqda.

Min-Chi Kuoning so‘zlariga ko‘ra, Apple'ning yangi rivojlanishi smartfonlar, planshetlar va noutbuklar o‘rtasidagi segmentatsiyani buzishi mumkin va bu esa oxir-oqibat bozorni o‘zgartiradi.

Ayni paytgacha, Samsung, Huawei va Xiaomi’lar buklanuvchan ekranli modellarni e'lon qilishdi, ammo ularning narxi aksariyat iste'molchilar uchun yuqoriligi aytilmoqda.

Avvalroq, Apple kompaniyasi yangilangan iOS 14.5 versiyasini taqdim qilganligi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: