Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli yigitni pichoqladi

O‘zbekiston 16:52 / 04.05.2021 18755

2021 yilning 1 may kuni soat 23:30larda voyaga yetmagan 14 yoshli Izzatulla X. Toshkent shahri Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida bo‘lgan vaqtida mojaro kelib chiqqan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 14 yoshli Izzatulla X. 22 yoshli Orif A.ga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganini, uni yosh bola sifatida ko‘rganini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan  Izzatulla X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: