Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi qaynog‘a-kelin mojarosi Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani ma'lum qilindi
O‘zbekiston bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Kun.uz’ga Surxondaryo viloyatining Denov tumanida qaynog‘a tomonidan kelinga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani holati bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mojaro tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, OAVda yoritila boshlagach, Bosh prokuratura tomonidan oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.
“Ishchi guruhga bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova rahbarlik qilmoqda. Holat o‘rganilib, taraflar xatti-harakatiga tegishli huquqiy baho beriladi. O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, deya Hayot Shamsuddinovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryoda qaynog‘a kelinini kaltaklayotgani aks etgan video ortidan Kun.uz muxbiri surishtiruv o‘tkazib, mojaroga uy-joy muammosi sabab bo‘lgani, kelinini tepkilab do‘pposlagan shaxs Denov tumanidagi «Qaqnus» xususiy tibbiyot maskani egasi, vrach Gulmurod Xandalov ekani, u ayolni ikki yildan beri muttasil kaltaklab kelganini aniqlagan edi.
Surishtiruvda jabrlanuvchi bu haqda bir necha marta mahalla uchastka noziriga, tuman IIBga va mahalla raisiga murojaat qilganiga qaramasdan, ular «daliling yo‘q», deb ayolning arizasini qabul qilmagani, hatto uchastka inspektori bir necha marta ayolning arizasini ko‘z o‘ngida yirtib tashlagani haqida ham so‘z boradi.
Avvalroq, Surxondaryo viloyat IIB kaltaklangan ayol hodisasi bo‘yicha munosabat bildirib, fuqaro murojaatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani sababli yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma'lum qilgandi. Biroq, viloyat IIB bayonotida mahalla-profilaktika inspektorining harakatsizligi va qonunga zid harakatlariga qanday baho berilishi haqida lom-lim deyilmagan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

16:57 / 30.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

13:49 / 18.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

11:03 / 02.05.2025