Samarqandda tadbirkor mol-mulkiga taqiq qo‘yilgach, 65,4 million soliq qarzini to‘ladi

Jamiyat 12:53 / 04.05.2021 568

Ma'lum qilinishicha, Past Darg‘om tuman soliq inspeksiyasining 2021 yil 24 martdagi qaroriga asosan, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor J.A.dan davlat foydasiga 65 million 483 ming so‘m soliq qarzini undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan, mazkur ishning ijro hujjati MIBning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan yuritilgan.

MIB Past Darg‘om bo‘limi tomonidan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, qarzdorga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta'minlash uchun muddat berilgan.

Bundan tashqari, mazkur ijro hujjatiga asosan, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida«gi qonunning 21,87-moddalariga asosan, tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma'lumotlarga asosan, tadbirkorning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, ijro tadbirlari davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan 65 million 483 ming so‘m soliq qarzi tegishli tartibda to‘liq undirilib, ijro hujjati amaldagi qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

Ko‘proq yangiliklar: