Sobiq vazir Madaniyat vazirligiga qaytdi

O‘zbekiston 23:29 / 04.05.2021 24979

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamol Nosirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. Ushbu ma'lumotni Kun.uz'ga vazirlik matbuot xizmati tasdiqladi. Nosirovning o‘rnini Bahodir Ahmedov egalladi.

Bahodir Ahmedov 1973 yilda tug‘ilgan; 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqalar institutini, 2007 yilda esa Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan.

U turli yillarda«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori, madaniyat va sport vaziri, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2020 yil yozida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan.

Jamol Nosirov

Jamol Nosirovga yaqin manbalarga ko‘ra, u Buxoro shahri hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Ta'kidlash lozim, uch oy oldin Buxoro shahri hokimi lavozimiga O‘tkir Jumayev tasdiqlangan edi. U 2020 yil martidan buyon shahar hokimi lavozimida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Madaniyat vazirligini 2020 yil 23 yanvardan buyon Ozodbek Nazarbekov boshqarmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: