Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorilarni taniqli shaxs, tibbiyot xodimi yoki tashqi ko‘rinishi shifokorga o‘xshash shaxs ishtirokida reklama qilish taqiqlanmoqda

2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqdi.
Parlament xabarida amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun 1998 yilda qabul qilingan bo‘lib, undagi moddalar umumiy tusga ega bo‘lgan, hozirgi barcha realliklarni qamrab olmagani aytiladi.
“Reklama bilan bog‘liq munosabatlarda keyingi yillarda ko‘plab yangi shartnoma-huquqiy munosabatlar tarkib topdi. Shuningdek, reklama sohasiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi, mazkur sohani yangi bosqichga olib chiqishga turtki bo‘lmoqda. Shunday sharoitda mavjud qonunchilik hujjatlarini zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqish zarurati paydo bo‘lmoqda. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish, sohani yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Reklama to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi”, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, reklama bozori ishtirokchilariga keng imkoniyatlar yaratish borasida muayyan munosabatlarni tartibga soluvchi, cheklovchi normalar ham kiritilmoqda.
Qonun loyihasi bilan mobil aloqa tarmog‘i orqali reklama tarqatilishiga faqat iste'molchi roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, dori vositasini taniqli shaxs, tibbiyot xodimi yoki tashqi ko‘rinishi shifokor tashqi qiyofasiga o‘xshash shaxs ishtirokida reklama qilish, shuningdek, alkogol mahsulotlari reklamasi taqiqlanmoqda. Tarkibida shakar, tuz va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishni ham taqiqlash ko‘zda tutilyapti.
Majlisda deputatlar qonun loyihasini takomillashtirishda internet va tashqi reklama faoliyatining tartibga solinishiga alohida e'tibor qaratgani aytiladi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda an'anaviy, televideniye va radio kanallar orqali uzatilayotgan reklamalardan farqli ravishda, internet reklama, tashqi raqamli reklama va bir qancha boshqa reklama turlari paydo bo‘ldi. Ular ichida eng tez tarqalayotgan hamda tartibga solish jihatidan eng murakkabi internet reklamasi hisoblanishi ma'lum qilindi.
Deputatlar tomonidan internet reklamani tartibga solish uchun qonunchilikka internet reklama tushunchasini kiritish, milliy qonunchilikning tatbiq etiladigan hududini aniqlash, O‘zbekistonda internet reklamani joylashtirishni tartibga solish mexanizmini aniqlab olish takliflari kiritildi.
Shuningdek, deputatlar “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan paydo bo‘lishi kutilayotgan qonunosti hujjatlarda, xususan reklamaning joyi, hajmi, tashqi reklama konstruksiyalariga bo‘lgan talablar belgilanadigan nizom va yo‘riqnomalar albatta soha mutaxassislari, ekspertlik xulosalari asosida ishlab chiqilishi shartligi to‘g‘risidagi taklifni ilgari surdi.
Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:36
-
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 14:34
-
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV vaziri “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida
O‘zbekiston | 14:24
-
Suriyada darziylar va sunniylar o‘rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 14:20
Mavzuga oid

14:34 / 09.07.2025
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

12:38 / 23.06.2025