Telegram may oyida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushiradi

Fan-texnika 17:15 / 28.04.2021 30170

Telegram messenjerida may oyida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushadi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilmoqda.

«May oyida ovozli chatlarimizga video qo‘shamiz, bu esa Telegram’ni guruhli videoqo‘ng‘iroqlar uchun kuchli platformaga aylantiradi. Ekrandan birgalikda foydalanish, shifrlash, shovqinni bosish, stol kompyuterlari va planshetlarni qo‘llab-quvvatlash, siz videokonferensaloqaning zamonaviy vositasidan kutgan barcha narsa tezlik va shifrlash bilan birgalikda Telegram’da», — deyiladi Pavel Durovning Telegram-kanalidagi xabarda.

Telegram’da videoqo‘ng‘iroq funksiyasi o‘tgan yil avgustda paydo bo‘lgandi.

Avvalroq Telegram 8ta to‘lov tizimi yordamida istalgan chatda karta orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: