Kun.uz 3 ta yo‘nalishda professional kadrlarni ishga taklif qiladi

Jamiyat 17:00 / 28.04.2021 20185

Kun.uz sayti tajribali va o‘z ishini yaxshi ko‘radigan jurnalist, videooperator va fotoredaktorlarni ishga taklif etadi.

Muxbir-jurnalist

Talablar:
– Professional jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish (tadbirlar va matbuot anjumanlarida qatnashish, voqea joyidan reportajlar tayyorlash, muayyan mavzularni alohida o‘rgangan holda yoritish, jurnalistik surishtiruvlar olib borish);
– 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;
– oliy ma'lumot;
– jurnalistika yoki bloging sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

Muxbir-jurnalist vakansiyasi uchun rezyumeni dilshod.lawer@gmail.com manziliga yuborishingiz so‘raladi

Montaj va grafika ustasi

Talabgorlar:
– «Adobe Effect» va «Adobe Premier» dasturlarini juda yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi;
– yuqori sifatli vizual effektlarni, badiiy va hujjatli filmlar uchun ssenaristning istalgan g‘oyasini ro‘yobga chiqara olishi;
– ishiga ijodiy yondashadigan bo‘lishi kerak.

Vazifasi – ijodiy-badiiy tipdagi videomahsulotlar yaratish. Ishga olishda talabgorning bungacha qilgan ishlariga qarab baho beriladi.

Talablar:
– operatorlik va montaj sohasida ish tajribasi;
– Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashashi;
– oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot;
– yoshi 22-35 oralig‘ida.

Fotoredaktor

Talabgorlar:
– «Adobe Photoshop» va «Adobe Lightroom» dasturlarini juda yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi;
– ishiga ijodiy yondashadigan bo‘lishi kerak.

Vazifasi – xabarlarga mos suratlarni tanlash, saytdagi suratlarni monitoring qilish va bannerlar yasash. Ishga olishda talabgorning bungacha qilgan ishlariga qarab baho beriladi.

Talablar:
– Xabarlarni tahlil qilib, unga mos surat tanlash, maqolalardagi suratlarni monitoring qilib borish;
– bannerlar yasay olish (reklama, YouTube videolar uchun, kollajlar, xabarlar asosida qiziqarli infografika va boshqalar);
– RAW va JPG formatdagi suratlarga ishlov berish;
– oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot;
– yoshi 22-35 oralig‘ida.

Montaj va grafika ustasi va fotoredaktor vakansiyasi uchun rezyumeni @JamolBobo Telegram-akkauntiga yuborishingiz so‘raladi.

Kun.uz sayti sizga;

– eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;
– shahar markazidagi ofis; 
– rasmiy mehnat shartnomasi;
– 3 mln so‘m va undan yuqori oylik ish haqi;
– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat va boshqa qulayliklarni taklif etadi.

Ko‘proq yangiliklar: