Import-eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simliklarning laboratoriya ekspertizasi pulli bo‘ldi
1 maydan e'tiboran, import va eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simlik mahsulotlarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazishda har bir namuna uchun 88 563 so‘m miqdorida to‘lov joriy etiladi.

Foto: Getty Images
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova brifing o‘tkazdi.
Ma'lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekistonga import bo‘luvchi hamda eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simlik mahsulotlarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish xizmati rasman pulli etib belgilandi.
Unga ko‘ra, laboratoriya xizmatlari narxida har bir namuna uchun 88 563 so‘m miqdorida to‘lov joriy etilib, ushbu narxga kimyoviy reaktiv va bir martalik ishlatiladigan mahsulotlar narxi alohida hisoblab qo‘shiladi. To‘lov shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Laboratoriya tahlillari va ekspertizalari ishonchliligini ta'minlash hamda fitosanitariya holatini yaxshilash maqsadida Markaziy karantin laboratoriyasi tashkil etilgan.
Shu bilan birga, 6ta viloyatda (Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari) statsionar karantin laboratoriyalari tashkil etilgan va milliy akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Avvalroq, O‘zbekistonga olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritilgandi.
Mavzuga oid

08:59 / 08.02.2024
O‘zbekistonda tezkor tadbirda olingan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi

17:02 / 23.10.2023
O‘zbekistonning tashqi savdosi: Xitoyga bog‘liqlik ortib bormoqda, gaz importi ko‘paygan, eksport qilish esa qisqargan

10:21 / 12.09.2023
1 noyabrdan ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi bo‘lmagan obektlarga nisbatan moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish boshlanadi

13:16 / 09.08.2023