Surxondaryoda yuk mashinasi «avariya»ga uchradi va uning haydovchisi vafot etdi

Jamiyat 20:44 / 26.04.2021 2851

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Xorazm viloyatida yashovchi shaxs boshqaruvidagi yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda haydovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 aprel kuni soat 21:40larda M39 Olmaota – Toshkent – Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan o‘tuvchi 1322-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyatida yashovchi 31 yoshli haydovchi yo‘l belgilariga e'tibor bermasdan tez harakatlanib kelgan. U xavfli burilishda yuk mashinasini boshqara olmagan va yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘anab ketgan. Natijada, og‘ir tan jarohatlari olgan haydovchi hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, yuk mashinasi ham yaroqsiz holga kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: