Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Jyek Ma biznesining bir qismi ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqchi
Xitoy Xalq banki Ant Group’dan iste'mol kreditlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning oshkoraligini talab qilmoqda. Bu IT gigantining eng qimmatbaho aktivlaridan biri hisoblanadi.

Xitoy Xalq banki Jyek Maga tegishli kompaniya Ant Group’dan o‘zining iste'molchilarga bergan qarzlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarini sobiq regulyatorlar rahbarlari tomonidan boshqariladigan hukumat nazorati ostidagi kompaniyaga taqdim etishini istamoqda. Iste'mol kreditlari Ma kompaniyasining eng qimmatbaho boyliklaridan biri hisoblanadi.
«Hukumatning juda ko‘p aralashuvi bu soha taraqqiyotini va rivojlanishini orqaga tortadi», deb ta'kidlagan kompaniya bilan ishlagan bankir.
«Xitoy Xalq bankining bunday tanlovi manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltiradi. Eng muhim ustuvor yo‘nalish — bu yangi biznesning to‘liq mos kelishiga ishonch hosil qilishdir», deb izohlagan regulyatorning qarashlari bilan tanish manbalardan biri. Manbaga ko‘ra, hukumat aralashuvi «ushbu maqsadga erishishga yordam beradi».
Har ikki tomon ham vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan. Xalq bankining ko‘zlagan asosiy maqsadi Ant Group ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga qaratilgan.
Avvalroq, Xitoy antimonopol kompaniyalari Alibaba’ga rekord darajada — 975 million dollar jarima tayinlashi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga 2020 yil oxirida Alibaba rahbari Jyek Maning Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng XXR bozor regulyatori kompaniyani monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgani uchun 2,78 milliard dollar miqdorida jarimaga tortganini ma'lum qildi.
Shuningdek, XXR raisi Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasi moliyaviy maslahat va muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘plab ma'lumotlar va iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan internet-kompaniyalari ustidan nazoratni kuchaytirish, monopoliyalarga qarshi kurash va kapital nazoratsiz ko‘payishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.
Bundan tashqari, kompaniya asoschisi Jyek Maning o‘z ulushini sotish imkoniyatlarini o‘rganayotgani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari o‘zgarmoqda
Iqtisodiyot | 18:21
-
Korxona va tashkilotlarda ayrim shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxirasi yaratiladi
Iqtisodiyot | 18:17
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025