Xalq ta'limi vazirligi masofaviy ta'limga o‘tgan maktablar haqida ma'lumot berdi

O‘zbekiston 09:55 / 24.04.2021 7824

23 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 243ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangani tufayli ta'lim olish to‘liq onlayn ta'limga o‘tkazilgan. 29ta maktabda faqat kasallik aniqlangan o‘quvchi o‘qiydigan sinflar karantinga yopilib, o‘quvchilar onlayn ta'lim olmoqda.

“Bu raqamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib o‘zgarib boradi. Onlayn ta'lim olayotgan maktab o‘quvchilari uchun Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Onlayn maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, onlayn maktab darslarini Uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali ham qayta ko‘rish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn ta'limga o‘tgan maktablar soni 163tani tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: