Investitsiya loyihalari ustidan nazorat onlayn tizimga o‘tkaziladi

Iqtisodiyot 12:06 / 21.04.2021 3729

«Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi.

ITSV axborot xizmati ma'lum qilishicha, ushbu tizim investitsiya loyihalarining haftalik monitoringini olib borishni ko‘zda tutadi va pandemiyadan keyingi davrda loyihalarni kechikib ishga tushirish xavfining oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim investitsiya loyihalarini amalga oshirishning hozirgi holati haqida ma'lumotga ega platforma bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 

Avtomatlashtirilgan tizimni shtat rejimida to‘liq ishga tushirish joriy yilning 1 iyulidan boshlab rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: