Toshkentda dori tashish uchun mo‘ljallangan mashinani olib qochgan shaxs Ko‘pkari federatsiyasi binosi yonida YTHga uchradi

O‘zbekiston 11:10 / 19.04.2021 5740

2021 yilning 12 aprel kuni soat 17:30larda 19 yoshli Bahrom T. o‘zi ishlaydigan, Toshkent shahri, Yangihayot tumani THAY ko‘chasida joylashgan avtoservisga ta'mirlash uchun olib kelingan, 30 yoshli Vali X.ga tegishli, dori-darmon yetkazib berish uchun mo‘ljallangan “Matiz” rusumli avtomashinani kalit o‘t oldirish joyida qoldirilganidan foydalanib olib qochib ketgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u poytaxtning Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston ko‘pkari federatsiyasi binosi qarshisida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan va hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahrom T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni sodir qilgan Bahrom T. aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: