Dollarning rasmiy kursi bir haftada 50 so‘mga qimmatladi

Iqtisodiyot 16:21 / 19.04.2021 10865

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 20 aprel kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,46 so‘mga oshib, 10 525,64 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 79,28 so‘mga ko‘tarilib, 12 670,77 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,23 so‘mga pasaygan va 1 rubl 138,40 so‘mni tashkil etgan.

Qayd etish kerakki, dollarning rasmiy kursi o‘tgan hafta davomida kun sayin ko‘tarildi va bugungi kurs 1 hafta oldingiga nisbatan 50,23 so‘mga farq qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: