Deyarli butun Ukraina bo‘ylab antiterror mashg‘ulotlari boshlandi

Jahon 16:11 / 19.04.2021 11098

Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi ko‘p bosqichli antiterror mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda UXX matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar davomida strategik muhim obektlar va davlat chegarasini himoya qilish bo‘yicha harakatlarga alohida e'tibor qaratiladi. 

Mashg‘ulotlarda UXX, milliy politsiya, davlat chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi. 

UXX o‘tgan haftada Xarkov, Xerson va Sumi oblastlarida o‘quv mashg‘ulotlari boshlagandi.

Avvalroq AQSh va Yevropa davlatlari Rossiya qo‘shinlarining Qrim va Ukraina chegarasida joylashishidan xavotir bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: