Andijonda karantin talablari kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston 09:04 / 19.04.2021 2773

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi ortidan Andijonda ham aholi gavjum joylarda, bozorlarda karantin talablari bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Muxbirimiz Asaka tuman Markaziy dehqon bozoridagi holatlarni suratlarga muhrladi.

Bozorning kiraverishida aholiga maska taqish kerakligi uqtirilib, maskasizlar ichkariga kiritilmayapti.

Harorat o‘lchagich bilan odamlarning isitmasi o‘lchanmoqda. Shuningdek, fuqarolar bozor hududiga dezinfeksiya qilinib kiritilmoqda.

Bozor hududi dezinfeksiya qilinmoqda. Bundan tashqari ovoz kuchaytirgich orqali karantin talablari va uni buzganlarga chora ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: