Suriyada may oxirida prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi

Jahon 17:33 / 18.04.2021 4316

Suriyaning Sana axborot agentligining xabar berishicha, nomzodlardan hujjatlar qabul qilinishi 19 apreldan boshlanadi va 28 aprelgacha davom etadi.

Xorijdagi suriyaliklar elchixonalarda 20 may kuni ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

Suriyadagi avvalgi prezident saylovlari 2014 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda 24 kishi prezidentlikka ilgari surilgan, biroq ulardan 3 nafarigina saylovlarga qo‘yilgan. Saylovlarda amaldagi prezident Bashar Asad 88 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan. Biroq saylovlar natijalari ko‘pgina davlatlar tomonidan tan olinmagan.

Konstitutsiyaga ko‘ra, Asad yana bitta 7 yillik muddatga saylanishi mumkin.

Agar Suriya prezidenti saylovlari BMT Xavfsizlik kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasiga to‘g‘ri kelmasa, unda xorijiy davlatlar saylovlar natijalarini tan olmasligi mumkin.

55 yoshli Bashar Asad Suriya prezidenti lavozimini 2000 yildan beri egallab keladi.

Ko‘proq yangiliklar: