Ukraina konsuli Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Jahon 15:31 / 17.04.2021 9894

Ukrainaning Rossiyadagi konsuli Aleksandr Sosonyuk Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib «Kommersant'» xabar berdi.

 Xabar qilinishicha, avvalroq FXX konsulni rossiyalik fuqarodan maxfiy ma'lumot olayotganida qo‘lga olgan.

 Ukraina tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenkoning so‘zlariga ko‘ra, Aleksandr Sosonyuk bir necha soat ushlab turilgan, u hozirda Ukraina diplomatik muassasasida bo‘lib turibdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Kiyev o‘zining Sankt-Peterburgdagi konsuli chiqarib yuborilishiga xuddi shunday javob qaytarilishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: