Surxondaryoda 13 yoshli bola dovcha tergani uchun pichoqlandi

Jamiyat 06:58 / 17.04.2021 6836

 2021 yilning 12 aprel kuni 13 yoshli T.Azizbek Termiz shahri «Kokildor-ota» mahallasida yashovchi Sh.O‘rolning uyi yonida o‘rik daraxtidagi g‘o‘ra (dovcha)larni terayotgandi. Azizbekning bu "o‘g‘irligini" ko‘rib qolgan 46 yoshli Sh.O‘rol 13 yoshli yigitni daraxtga yaqinlashmasligini aytib, haydaydi.

O‘rtada janjal chiqqach, Sh.O‘rol T.Azizbekning qorin sohasiga bir marotaba pichoq urib, uning hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘rol protsessual tartibda ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: