PFL chempionat o‘yinlarida karantin qoidalariga rioya qilishga kirishdi
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi ma'lum qilindi.

Professional futbol ligasi ham karantin tartibiga amal qilgan holda bugun, 17 apreldan milliy chempionat o‘yinlarida tibbiy nazoratga jiddiy e'tibor qaratishga kirishdi.
Pro liganing 5-turidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Xorazm» bahsida stadionga tashrif buyurgan muxlislarning masofa saqlab o‘tirishlari uchun o‘rindiqlar alohida belgilab, ajratib chiqildi.
Shuningdek, stadionga kirayotgan tomoshabinlarning harorati o‘lchanib, ularning tibbiy niqobda bo‘lishlari talab qilinmoqda. Bellashuv davomida ham muxlislarning ijtimoiy masofani saqlashlariga alohida e'tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi

15:55 / 04.04.2024
Toshkentda talabalar o‘rtasida Coca-Cola homiyligidagi turnir o‘tkaziladi

19:04 / 16.03.2024