«Ota kasbining daromadi barakali bo‘ladi» - Chustlik hunarmand

Jamiyat 15:54 / 17.04.2021 548

Chustlik Boburjon 29 yoshda, u tunuka mahsulotlarini yasaydi. Unga bu hunar ota kasb hisoblanadi. 

Boburjon tunukasozlarning 5-avlodi. U 150 dan ortiq tunuka mahsulotlarini yasaydi.

«Ustaxonaga kelganimda kichkina bola edim. Shu, yoshligimdan dadamdan ko‘rib, o‘rganib usta bo‘ldim. Qo‘l mehnatining, ayniqsa, ota kasbining daromadi barakali bo‘ladi. Shu hunar ortidan oila boqyapman, ro‘zg‘or tebratyapman»,— deydi qahramonimiz.

Boburjon yasagan mahsulotlar Rossiyaga eksport qilinadi. U Rossiya bilan 1 yillik shartnoma qilgan. Bir oyda o‘rtacha 400—500 tacha tunuka mahsulotlarini yetkazib beradi.

Ko‘proq yangiliklar: