Namangan shahrida joylashgan bozorlar va yirik savdo komplekslari hududida jinoyatlar soni sezilarli darajada oshgan

O‘zbekiston 09:35 / 17.04.2021 1146

Namangan shahar prokuraturasining tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

Bugun mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda 300 ga yaqin yosh ishtirok etib, 50 nafar yoshlar 10 dan ortiq masalada o‘zlarining muammo va takliflarini bildirib o‘tdi.
 
Kelib tushgan murojaatlarning 31 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan 19 ta murojaat hal qilish uchun nazoratga olinib, mutasaddilarga yuborildi.

Uchrashuvga taklif etilgan ishsiz hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta'minlash uchun «Mehnat yarmarkasi» tashkil etildi.

Yarmarkada 20 ga yaqin ish beruvchi 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarka davomida 21 nafar ishsiz yoshni ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi hamda 2 nafari bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Namangan shahrida joylashgan bozorlar va yirik savdo komplekslari hududida profilaktika qilish yo‘li bilan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni sezilarli darajada oshgan. 

Xususan, 2020 yil davomida bozorlar hududida 72 ta jinoyat qayd etilgan.
Shu sababli bozorlar hududida jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni hushyorlikka chaqirish hamda jinoyatlarni fosh etish uchun zamonaviy kameralar bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilib, «Vaziyat markazlari» tashkil etildi.

Ushbu «Vaziyat markazlari»da doimiy ravishda bozorlar hududi video va audio kuzatish va eshitish moslamalari bilan nazorat qilib boriladi.

Ko‘proq yangiliklar: