Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etiladi

O‘zbekiston 12:20 / 17.04.2021 6316

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan shahar hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Yangi Namangan tumanini tashkil etish taklifini kiritgan edi.

Ushbu taklif xalq deputatlari Namangan shahar kengashi hamda Namangan viloyati kengashining qarorlari bilan ma'qullangan.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, Namangan shahrida joylashgan 79ta mahalladan 24tasi, 70ta maktabgacha ta'lim muassasasidan 40tasi, 85ta umumta'lim maktabidan 21tasi, 6ta oilaviy poliklinikadan 2tasi va 52ta kasalxonaning 12tasi Yangi Namangan tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Yangi tuman hududida 16ta sanoat korxonalari va 4ta kichik sanoat zonasi barpo etiladi. Tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida 245 mlrd so‘mlik 62ta loyihada 2600ta yangi ish o‘rni yaratish belgilanmoqda.

Namangan shahrining “Mingterak”, “Bunyodkor”, “Mustaqillikning 5 yilligi”, “Axsikent”, “Mashrab”, “Ma'naviyat”, “Furqat”, “Guliston”, “Beruniy”, “Mingchinor”, “Tinchlik”, “Yoshlik”, “Oromgoh”, “Atangan guzar”, “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Sihatgoh”, “Go‘zal”, “Chamanzor”, “Ishonch”, “Sherbuloq”, “Kelajak tongi”, “Sohil” va “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududlari Yangi Namangan tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: