Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni keskin o‘smoqda, shifoxonalardagi bemorlar soni 2 mingga yaqinlashgan
So‘nggi bir kunda mamlakat bo‘ylab yangi holatlar soni yil boshidan buyon ilk marta 300dan oshdi, Toshkent shahrida 227 holat aniqlanib, yana bir kishi vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi holatlari keskin oshayotgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 16 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86338 (+316) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Bu kunlik o‘sish bo‘yicha yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi antirekord 15 aprel kuni qayd etilgan edi - 292 kishida virus aniqlangandi. 14 aprel kuni 227 kishiga tashxis qo‘yilgan - so‘nggi ikki kun ichida kunlik o‘sish qariyb 100taga yetgan. 9 aprelgacha kunlik o‘sish 200dan oshmagandi.
Ma'lumot uchun, kunlik kasallanish holatlari 300dan oshishi so‘nggi bor 2020 yilning sentyabr oyida qayd etilgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 3 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 7 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 20 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 37 nafari Toshkent viloyatida,
- 227 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 636 nafarni tashkil qildi. 16 aprel kuni O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etgani, u Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgan bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 11 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 8 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 28 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83838 (+189) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 1864 nafarga yetgan, shundan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022