Farg‘ona viloyatida 2021 yil yakuniga qadar qancha ish o‘rni yaratilishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston 12:43 / 17.04.2021 1111

Farg‘ona viloyatida hududiy investitsiya dasturi doirasida 2021 yil yakuniga qadar 12,1 trln so‘m qiymatidagi 893 ta loyiha amalga oshiriladi, 22 ming doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Farg‘ona shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va budjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan viloyat kengashi deputatlariga murojaat yo‘lladi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, viloyatning hududiy investitsiya dasturi doirasida 2021 yilda 12,1 trln so‘mlik 893 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada joriy yil yakuniga qadar Farg‘ona viloyatida 22 ming nafar fuqaro uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, bugungi kunga qadar, viloyatda umumiy qiymati 806,5 mlrd so‘m bo‘lgan, 122 ta loyiha ishga tushirilib, 1,8 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilgani ma'lum qilindi.

«Bu borada, joriy yil yakuniga qadar qiymati 11,3 trln so‘m bo‘lgan 771 ta loyiha ishga tushirilishi evaziga 20 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi», deya Xayrullo Bozorov nutqidan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Ko‘proq yangiliklar: