Andijondagi bojxonada psixotrop dorilar olib kirayotgan erkak ushlandi

O‘zbekiston 12:51 / 17.04.2021 603

Andijon viloyatida bojxonachilar «Nexia»da kuchli ta'sir qiluvchi dorilar olib kirayotgan erkakni to‘xtatib qoldi. 

Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyatida fuqaro M.M. boshqaruvidagi «Nexia» mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Avtomobilning yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 66,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona «Lirika 300 mg» nomli va 560 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Andijonda xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Ko‘proq yangiliklar: