Andijon shahri ko‘chalarida pavloniya daraxtlari gulladi

O‘zbekiston 08:53 / 17.04.2021 2034

Pavloniya mamlakatimizga yangi kirib kelgan o‘simlik hisoblanib, bundan to‘rt yil oldin Andijon shahri ko‘chalariga ekilgan edi. 

Bugun Andijonning Mustaqillik, Eski O‘sh ko‘chalarida bo‘y cho‘zgan pavloniyalar qiyg‘os gulladi. Mazkur daraxtni bejiz, “xayoliy go‘zallik kashf etib gullaydi”, deyishmas ekan. Andijonliklar “ajnabiy” daraxtning o‘zgacha chiroydagi gullarini ko‘chalarda sayr qilib tamosha qilishmoqda.

Pavloniya dunyodagi tez o‘suvchi daraxtlardan hisoblanib, ko‘chalar va istirohat bog‘larini bezaydigan manzarali o‘simlikdir.

Ko‘proq yangiliklar: