18 apreldan karantin qoidalari kuchaytiriladi 

O‘zbekiston 10:53 / 17.04.2021 153731

Joriy yil 18 apreldan karantin qoidalari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda bosh vazir boshchiligidagi kengaytirilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati zudlik bilan to‘xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. 

Qayd etilishicha, ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

1 maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish bo‘yicha cheklov joriy etilmoqda.

Shuningdek, yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat'iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antiseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat'iy nazorat qilinishi aytildi.

Ko‘proq yangiliklar: