Xususiy korxonalarning soni ko‘pligi bo‘yicha Qashqadaryo 3-o‘rinda

O‘zbekiston 09:28 / 16.04.2021 932

Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga qaraganda, 2021 yilning 1 aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 432 458 tani tashkil etmoqda. Shundan, xususiy korxonalar soni 90 989 tani (21,0 foiz) tashkil qildi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toshkent shahri – 12 886 ta
  • Farg‘ona viloyati – 11 131 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 9 509 ta
  • Namangan viloyati – 7 209 ta
  • Surxondaryo viloyati – 7 188 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdoda – 35 093 ta
  • sanoatda – 16 171 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 936 ta
  • qurilishda – 7 736 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 582 ta
Ko‘proq yangiliklar: