Rossiya AQShga qarshi javob choralarini e'lon qildi

Jahon 22:40 / 16.04.2021 32012

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShga qarshi javob sanksiyalarini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, Moskva 10 nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi, AQSh elchixonalariga Rossiya yoki boshqa mamlakatlar fuqarolarining ishga olinishini to‘xtatadi va amerikalik diplomatlarga o‘zlari joylashgan hududdan boshqa hududlarga borishni taqiqlaydi.

Shuningdek, Rossiyaning ichki ishlariga aralashayotgan AQSh fondlari va nohukumat tashkilotlari faoliyatini cheklash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida qora ro‘yxatga kiritiladigan amerikalik amaldorlarning ism-sharifi e'lon qilinadi.

Tashqi ishlar vazirligining ta'kidlashicha, agar Vashington sanksiyalar siyosatini davom ettiradigan bo‘lsa, Moskva boshqa usullarni ham ko‘rib chiqadi.

15 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ko‘proq yangiliklar: